#bukhara #7pir #pa3ukoB #Turaev #Xalikov (at Bukhara) https://www.instagram.com/p/BiuthIhFGqe/?igshid=13l1s3zqv3hmo
seen from United States
seen from United States
seen from United States

seen from United States
seen from United States

seen from United States

seen from United States
seen from China
seen from United States
seen from United States

seen from Türkiye
seen from Netherlands
seen from United States
seen from Spain

seen from United States

seen from Malaysia
seen from United States
seen from Malaysia

seen from United States
seen from China
#bukhara #7pir #pa3ukoB #Turaev #Xalikov (at Bukhara) https://www.instagram.com/p/BiuthIhFGqe/?igshid=13l1s3zqv3hmo
#bukhara #7pir #pa3ukoB #razicoff_a1g #razicoff (at Bukhara) https://www.instagram.com/p/BiurWXQlv2Y/?igshid=1mcxnd89xfxry
Ziyorat taassurotlari
Buxoroyi sharif o'zining 7pirlari bilan 7 iqlimga mashhur. Turli burchaklardan mushkuli bor insonlar bu ziyoratgohlarga tashrif buyurishadi. Bugun biz ham oilaviy ziyoratga otlandik. 200kmlik sayohat sarguzashtlardan xoli bo'lmaydi, albatta. 1-pir Abd-al G'ijduvoniy ziyoratgohidan so'ng Shofirkon tumaniga - Ar-Revgariy qadamjosiga yo'lni topish oson bo'lmadi. 12kishidan yo'lni so'radik, lekin baribir adashib qoldik.)) Radiodan esa "Yaxshi odamlar" qo'shig'i taralmoqda: Qalblari quyosh yaxshi odamlar, Mehribon sirdosh yaxshi odamlar ))
Psixologlarning aytishiga qaraganda, tushkunlikka tushib qolganda uzoq safarga chiqish kerak ekan. Bizning safarimiz ham qisqa emas. 7soatlik ziyorat davomida aancha narsalar haqida suhbatlashib yoki o'ylab olish mumkin.
Al-Fag'naviy ziyoratgohida bizni u kishining haqiqiy qabrlari oldiga olib kirishdi. (odamlar ziyorat qiladigan qabr ramziy bo'lib, uning ostidagi hujrada xuddi shunday qabr bor).
Saylov kuni bo'lgani uchun radiodan O'zOAVMA (НАЭСМИ) tomonidan tayyorlangan saylov yangiliklari eshittirib borildi. Mening ham materiallarim chiqdi.(uraa! )) )
Romitandagi Xo'ja Azizon/Bobo Romitaniy va As-Samosiy qadamjolaridan so'ng Baxovuddin Naqshbandning ustozlari Xo'ja Said Mirkulol va Baqshband majmuasi. Har doimgidek bu yerda ham shu yil o'qishga kirishni niyat qildim))
Ziyoratdan so'ng uyga qaytar ekanmiz o'zimni yengil xis qildim. Yuragimdagi toshlar parcha-parcha bo'lib chiqib ketdi. :-)