"Barselona” sobiq prezidenti Sandro Rossel davrida Yoxan Kroyf va klub o'rtasida nizo kelib chiqqanidan xabaringiz bor.
Ayni vaqtda kataloniyaliklar rahbariyati bu holatni yumshatib, klubning gollandiyalik afsonasi bilan munosabatlarini qayta tiklamoqchi.
"Allaqachon Kroyfning yaqinlari bilan aloqaga chiqdik. Biz muzokaralarni davom ettiramiz. Kroyf – biz va klub uchun juda muhim inson. Asta-sekin hammasi yana o'z o'rniga tushadi”, - dedi "Barsa”ning yangi rahbari Xosep Mariya Bartomeu.
Manba: www.soccer.ru
“Barselona” Kroyf bilan yarashmoqchi