“Barselona” Songni yanvarda 10 mln funtga sotmoqchi
Kataloniya super klubi 2012 yil yozida 15 mln. funt evaziga "Arsenal”dan harid qilgan Aleksandr Songni yanvarda 10 mln. funtga boshqa klubga qo'yib yuboradi. Daily Star nashri qayd etishicha, bosh murabbiy Xerardo Martino futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. 26 yoshli yarim himoyachi Kataloniyaga ko'chib o'tganidan beri "ko'k-anorranglilar” tarkibida o'z o'rniga ega bo'lib ulgurmadi. Shu sababli ham u ko'p vaqtini zahira o'rindig'ida o'tkazishga majbur bo'lyapti. Mish-mishlarga qaraganda futbolchi yana "Emireyts”ga qaytishi mumkin. Shuningdek, "Manchester Yunayted” ham Song uchun kurashda chetda turmoqchi emas. Manba: barca.ru “Barselona” Songni yanvarda 10 mln funtga sotmoqchi















