Hozirgi karantin davrida ta'lim jarayoni uyda turgan holda olib borilar ekan, o'quvchilarimizning TV darslarni kuzatib borishi, telegram tarmog'i orqali sinf rahbarlari va fan o'qituvchilari bilan aloqa qilib borishi uchun ota-onalar mas'uldirlar. Bizning Toshloq tumani Varzak MFY hududida farzandlarining kelajagi uchun qayg'uradigan, biz o'qituvchilar bilan yelkama-yelka turib ularni bilim olishi uchun sharoit yaratib berayotgan oilalar talaygina. Hususan Toshloq tumani XDP deputati Xasanov Xokimjonning maktabimizning turli sinflarida ta'lim olayotgan 4 nafar nabirasi uchun yaratib berayotgan sharoiti, biz bilan onlayn muloqoti tahsinga sazovor. Biz ushbu oilaga o'xshash oilalarga juda ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Dono xalqimiz aytganidek "Tarbiya oiladan boshlanadi". (at Toshloq, Farghona, Uzbekistan) https://www.instagram.com/p/B_pSTU3Dzpf/?igshid=jk07ybzq9s2s











