"Zamona tezlashgan deyishadi, balki ulgura olishmayotgandir"
Yoshlarning kitobga munosabati haqidagi lavha va shu mavzudagi blogpostni tayyorlash jarayonida mana shu gapga duch kelgan edim. Haqiqatdan ham zamon tezlashgan (yoki o'zimiz uni tezlashishga majburlayapmiz). Odamlar kitob o'qish u yoqda tursin, hatto o'z sog'ligiga befarq bo'lib qolyapti. Ba'zilar hatto vaqtni qizg'onib vaqtida ovqatlanishni ham unutib qo'yishadi. Uch mahalgi ovqatning hissasini birto'la chiqarishadi. Facebookdagi kichik so'rovnomadagi "To'g'ri va sog'lom ovqatlanish tartibiga amal qilasizmi?" degan savolga javoblar orasida "Ha, amal qilaman!" (Aziz Vaxabov) degan javob atigi bir dona!
Lavha uchun olingan intervyuda esa bunday javob umuman yo'q edi.
Javoblar orasida "yo'q"lar aancha.
"xohlayman"larning ortida esa albatta "lekin"chalari bor.
Ixtiyor Kamalov:
-Yo'q. Ishdagi rejim ovqatlanish rejimiga to'sqinlik qiladi.
Zuhra Xamrayeva:
-Yo'q. Vaqtni omaydi lekin soati to'g'ri kemaydi.
Deyarli barchamiz ish, o'qish, karyera qurish bilan bandmiz. Lekin bularning birortasi yo'qotilgan sog'likni qaytarib bera olmaydi.
Ovqatlanish bilan bog'liq muammolar, ayniqsa, abituriyentlarning odatiy yashash tarziga aylanib qolgan.
Nigora Tohirova:
-Iloji boricha to'g'ri ovqatlanishga harakat qilaman! Lekin menda ham o'qish, rejimga to'sqinlik qiladi.
Abituriyentlar asosan vaqtni tejash uchun fast-foodni tanlashadi yoki ovqat mahalida ham kitobini qo'lidan qo'ymaydi (xuddi bu paytda miya axborotni qabul qiladiganday ))) )
Ammo, afsuski, bu paytda miya zo'riqib, na o'qiganimiz esda qoladi, na to'yganlik hissini sezamiz.(bu signal miyaga kechroq yetib boradi)
Vaqtni tejash maqsadida ko'pincha yurgan yo'limizda biror-bir yegulik bilan oshqozonni aldaymiz. Lekin , unutmaslik kerakki, oshqozon biz o'ylaganchalik axmoq emas, vaqti kelib shunaqangi qasos olishi mumkinki....
Yana bir keng tarqalgan holat: odatda abituriyentlar kechgacha dars tayyorlashadi va yarim tunda och qolganliklarini sezishadi.
Shahzod Subxanov:
-Я вообще ужинаю когда захочу)) в 2 часа ночи могу пойти себе что нибудь приготовить)
(Men qachon xohlasam, o'shanda ovqatlanaman. Tungi soat 2da ham o'zimga biror narsa tayyorlab yeyishim mumkin).
Olimlarning aytishicha, bunday paytda oshqozonni 2stakan suv bilan "aldash" mumkin.
Demak, bizning ovqatlanish uchun atigi 25-30daqiqa vaqtimiz yo'q. Lekin bu izsiz ketmaydi. Gastrit, oshqozon yarasi(yazva) kabi "jarangdor" kasalliklar ana shu 25-30daqiqaning yo'qligi oqibatida paydo bo'ladi.
O'shanda to'g'ri ovqatlanish uchun vaqt ham , imkon ham topiladi. Hattoki, dorilarni vaqtida ichib, doktor nazoratidan o'tishga ham topiladi o'sha vaqt. Lekin og'riq va bu dorilarning nojo'ya ta'siri sizni tark etmaydi.
Endi tuzli, achchiq, qovurilgan taomlarni, bahor paytidagi dovuchchalarni qo'rqmasdan paqqos tushirolmatsiz. Bir-biridan deyarli farq qilmaydigan bo'tqasimon ovqatlar dasturxoningizni "bezab" turadi.
Ertalab ko'z ochib ulgurmasingizdan nechta dori ichishni, davolanish kursi tugashiga qancha qolganini hisoblaysiz. Xuddi Yalmog'izning damlamalariga o'xshash kartoshka sharbatini (kraxmal) ichishga to'g'ri keladi. Axir sizda ovqatlanish uchun vaqt yo'q! Endi ishda/o'qishda ham ovqatdan oldin dorilarning tamini totib ko'rasiz, atrofdagilar esa hayrat to'la nigohini sizga qadagan!
Zamonaviy meditsina har qancha rivojlangan bo'lmasin, dorilarning u yoki bu miqdorda salbiy ta'siri yo'q emas. Hech bo'lmaganda, har bir organizm takrorlanmas ekanligini hisobga olsak, boshqalarga "indamay" yordam berayotgan usul sizga yomon ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun "keyin davolanaman", "mening organizmim chiniqqan, toshni yesam ham hazm qilaman" kabi gaplarni bir chekkaga yig'ishtirib qo'yib, to'g'ri ovqatlanishga vaqt toping. So'rovnomada ishtirok etganlar orasida yagona "Ha, amal qilaman!" javobini bergan Aziz Vaxabovning aytishicha, "To'g'ri ovqatlanish uchun vaqt emas, tartib-intizom, xohish kerak"
Sening sog'liging avvalo o'zingga kerak, agar senga kerak bo'masa, bizga kerak!
Yaqinlarim shu gapni tez-tez takrorlab turishadi. Oxirgi 2yil ichida bu gaplarning ma'nosini chuqurroq tushunib boryapman. Mening ham bir vaqtlar vaqtim yo'q edi. ;-)